Jahon Fanlar akademiyasi prezidenti doktor Hasan Muhammad Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov mehmonni ilm-fan, texnolgoiyalar va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Mehmon yaratilgan imkoniyatlar ko‘lami va tashkil etilgan ishlar samaradorligini yuqori baholadi hamda boshqa rivojlanayotgan davlatlar ushbu yutuqlarga erishish tajribasini O‘zbekistondan o‘rganishi mumkinligini belgilab o‘tdi.

Shuningdek, tomonlar ko‘plab sohalar, jumladan, qishloq xo‘jaligi va biotexnologiyalar sohalarida innovatsiyalarni joriy etishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shu bilan birga, d-r Hasan Muhammad Olmazor tumanidagi yangi tashkil etilayotgan texnoparkni ko‘zdan kechirdi.