Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati ham muddatidan avval tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq, 27-yanvar kuni Toshkent shahar Kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan edi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining 30-yanvardagi qarori bilan sobiq Toshkent shahri hokimi va xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi deputati Jahongir Ortiqxo‘jayev Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarildi.

Qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati vakolatlari muddatidan oldin tugatilgani, shuningdek, uning Senat a’zosi sifatidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi yozma arizasini hisobga olgan holda qabul qilindi.

Avvalroq, 27-yanvar kuni Toshkent shahar Kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan edi.