Janubiy Afrika (JAR) prezidentida koronavirus aniqlandi

Janubiy Afrika (JAR) prezidenti Siril Ramafosaning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. U koronavirusga qarshi emlangan edi. JARda hozirda COVID-19 ning yangi “omikron” shtammi keng tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi.
Buyuk Britaniyada “omikron” shtammi tufayli mamlakatga kirish tartibi kuchaytirildi

Rossiyada ikki kishida koronavirusning “omikron” shtammi aniqlandi
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqani va u o‘zini yakkalash rejimiga o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.