Jeff Bezos birinchi martta xayriyaga qoʻl urmoqchi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Amazon asoschisi Jeff Bezos boyligining katta qismini xayriya ishlariga berish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Hozirda biznesmenning boyligi $124 milliardga baholanmoqda, u Forbes global ro'yxatida to'rtinchi raqam.

Amazon asoschisi va milliarder Jeff Bezos birinchi marta boyligining katta qismini xayriya ishlariga sarflashga va’da berdi. Bu haqda Bezos CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. U sarflashni rejalashtirayotgan kapitalning aniq ulushini va pulni kimga xayriya qilishini aytishdan bosh tortdi.

Bezosning ta'kidlashicha, u tirikligidayoq xayriyani amalga oshiradi, buni vasiyat sifatida qoldirmaydi. Bezos kapitalining asosiy qismini iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va “insoniyatni chuqur ijtimoiy va siyosiy bo‘linishlar oldida birlashtira oladigan” odamlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishini ta’kidladi.