Jeff Bezos kompaniyasi xodimlarining 20% dan ortig'i ishini tark etdi

Milliarder Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasidan xodimlarning ketishi bu yil 20% dan oshdi.
Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yuzlab qimmatbaho xodimlar ishxonadagi umumiy sharoit tufayli kompaniyani tark etishmoqda. Kompaniya Bosh direktori Bob Smitning pandemiya vaqtida uyda ishlashga odatlanganlarni ofislarga qaytarishga urinishlari ham asosiy sabablardan biri bo'lmoqda.
CNBC ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yil davomida Jeff Bezosning Blue Origin aerokosmik kompaniyasi xodimlarning 20 foizi tark etdi. Kompaniya uchun odatiy ko'rsatkichlar esa yiliga 8-9% edi. Blue Origin-da 4000 ga yaqin xodimlar ishlasa, demak, bu yil yuzlab hodimlar ishdan bo'shagan.
Avgust oyida CNBC tomonidan xabar qilinganidek, asosiy ishni tark etganlar orasida rahbarlar va texnik mutaxassislar ham bor. Ikki hodim hatto raqobatchi kompaniyalarga o'tib ketdi, Nitin Arora Ilona Maskning SpaceX loyihasiga va Lauren Lions esa — Ukrainalik Maks Polyakovning Firefly Aerospace - kompaniyasiga jo'nab ketdi.






