JIDUda nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Joriy yilning 23-26-iyun kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati va Yevropa Markaziy Osiyo tadqiqotlari jamiyati hamkorligida nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda siyosiy fanlar, xalqaro munosabatlar, iqtisod, moliya, huquq, tarix, antropologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, ta’lim, mediashunoslik, sotsiologiya va boshqa sohalar bo‘yicha 30 dan ortiq davlatlardan 250 nafarga yaqin olim va ekspertlar ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar vakillari tadbirda faol qatnashishmoqda.
Anjumanda Markaziy Yevroosiyoning tarixiy rivojlanishi, mintaqa madaniyati va san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekistonning hozirgi transformasiyasi ahamiyati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.
Bundan tashqari, kun tartibida mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy salohiyat, tranzit va logistikani rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarida qonunchilik bazasini takomillashtirish kabi masalalar ko’tarilmoqda.