Jismoniy shаxslаrni identifikаtsiyalаsh telefon rаqаmi orqаli аmаlgа oshirilаdi

Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 479-son qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash, tizimdan foydalanish va identifikatsiyani bekor qilishni tartibga soluvchi Nizom tasdiqlangan.

Unga koʼra:

shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga koʼra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan (fuqaroni yuzini raqamli formatda rasmga tushirish, elektron shaklda qoʼl barmogʼi izini olish orqali) yoxud YaIDXPning mobil ilovasi (fuqaroni masofadan biometrik identifiatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzoni qoʼllagan holda) orqali amalga oshiriladi;
bevosita davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar toʼlov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida toʼlov undirish orqali amalga oshiriladi. YaIDXPning mobil ilovasi orqali murojaat qilinganda bepul amalga oshiriladi;
Mobile-ID tizimi foydalanuvchilari moliyaviy xizmatlardan tashqari barcha davlat xizmatlaridan elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.
Shaxs YaIDXPning mobil ilovasi orqali identifikatsiyadan oʼtganda mobil raqam aynan ushbu shaxsga tegishli boʼlishi lozim, identifikatsiya davlat xizmatlari markazi yoki notarius orqali amalga oshirilganda esa istalgan mobil telefon raqamiga bogʼlanadi.