Joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion soʼm ajratiladi

Prezident oilaviy tadbirkorlikni yanada ragʼbatlantirish maqsadida moliyaviy koʼmak koʼlami kengaytirilishini taʼkidladi. 2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion soʼm beriladi (2022 yilda – qariyb 10 trillion soʼm). Prezident yaqinda imzolagan qarorga koʼra, oilaviy tadbirkorlikka qoʼshimcha 300 million dollar ajratiladi.

Shuningdek:

    2023-yilda tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million soʼmdan 300 million soʼmgacha oshiriladi.
    dehqon xoʼjaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million soʼmgacha oshiriladi (amalda 33 million soʼm);
    avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija koʼrsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin boʼladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);
    yangi kreditlar olgan fuqarolar oʼzini oʼzi band qilganlar uchun berilgan imtiyozlardan foydalanadi;
    kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi.