Joriy yilning 1-choragi uchun eksport va investitsiyalarni rivojlantirish natijalari

2021 yil 12 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari S.Umurzoqov raisligida investitsiya va tashqi savdo faoliyati sohalari yo’nalishida joriy yilning 1-choragi yakunlari bo’yicha dolzarb vazifalarni muhokama qilish, shuningdek eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo’yicha Davlat komissiyasi qarorlari ijrosini tahlil qilishga qaratilgan videoselektor bo'lib o'tdi. 
Uchrashuv davomida eksport ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatgan omillar tahlili o'tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ishlab chiqildi va mas'ul rahbarlarga ularni bartaraf qilish bo'yicha manzilli ko'rsatmalar berildi. Shunday qilib, xususan, mahalliy qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratish topshirildi. Tijorat banklari rahbarlarining tadbirkorlarga kredit resurslarini o'z vaqtida berish masalalarini hal qilishda faolligi sust ekanligi ham ta'kidlandi.
Shuningdek, joriy yilning oxiriga qadar Respublikada qiymati 6,5 mlrd dollar bo'lgan 226 ta yirik investitsiya loyihalari foydalanishga topshirilishi va bu orqali 34 ming yangi ish o'rinlarini yaratilishi ta'kidlandi. Komissiya rahbariyati tomonidan ushbu topshiriqni bajarilishining hozirgi holatini o'rganib chiqildi va foydalanishga topshirilishi kelishilgan loyihalar bo'yicha ishlarni jadallashtirish uchun alohida "Yo'l xaritalari" ni ishlab chiqishni va tasdiqlashni mas'ul rahbarlarga topshirdi.
Yig'ilish yakunlari bo'yicha vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyatlarning mas'ul rahbarlariga eksport ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va tasdiqlangan investitsiya loyihalarini o'z vaqtida foydalanishga topshirish bo'yicha manzilli ko'rsatmalar berildi.