JSST: Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni 84 mingdan oshdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʼra, oʼtgan yil 1-yanvardan shu kunga qadar dunyo boʼyicha 84,7 mingdan ortiq kishi mpox (maymun chechagi) virusini yuqtirgan. Birgina oʼtgan haftaning oʼzida bemorlar soni 302 nafarga koʼpaygan.

Shunga qaramay, bu — joriy yil yanvar oyining ilk haftasiga nisbatan 44 taga kam koʼrsatkich.

Qayd etiliicha, xastalik oʼtgan bir yildan ziyod davrda Yer yuzining 110 ta davlatida tarqalib ulgurdi. Infektsiyaga chalingan bemorlardan 80 nafari kasallik oqibatida hayotdan koʼz yumdi.

Eng koʼp bemorlar roʼyxatga olingan mamlakatlar:

АQSh — 29,8 ming;
Braziliya — 10,6 ming;
Ispaniya — 7,5 ming;
Fransiya — 4,1 ming;
Kolumbiya — 4 ming nafar.

Tahlillarga koʼra, mpox bilan kasallanganlarning 96,6 foizini 29 yoshdan 41 yoshgacha boʼlgan bemorlar tashkil etadi.