JSST: Kamharakatlik sabab 2030-yilgacha yarim milliard inson xastalikka chalinishi mumkin

Qayd etilishicha, kamharakatlik oqibatida 2030-yilga qadar Yer yuzida 500 milliondan ortiq inson yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalininishi mumkin. Ularni davolashga yo‘naltiriladigan sarf-xarajatlar esa dunyo iqtisodiyotiga 300 milliard dollar zarar yetkazadi.
Kelib chiqishi kutilayotgan noinfeksion xastaliklarning deyarli yarmi, ya’ni 47 foizi gipertenziya, qolgan 43 foizi esa depressiya bilan bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, ta’kidlanishicha, barcha holatlarning to‘rtdan uch qismi kam daromadli va rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilishi ehtimoli yuqori.






