JSST: Koronavirus pandemiyasi yana uch oyga uzaytirildi

Kecha Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti Favqulodda vaziyatlar qoʼmitasining 14-yigʼilishida koronavirus pandemiyasini yana uch oyga uzaytirish boʼyicha qaror qabul qilindi.

Qoʼmita aʼzolari COVID-19 dan oʼlim koʼrsatkichlari boshqa respirator kasalliklarga nisbatan yuqoriligidan xavotirda ekanligini maʼlum qildi. Qolaversa, past va oʼrta daromadli mamlakatlarda mazkur xastalikka qarshi vaksinalar zaxirasi yetarli emas.

Ekspertlar xulosasiga koʼra, dunyo boʼylab ommaviy immunitetni shakllantirish infeksiyani jilovlashga yordam beradi. Biroq koronavirus kelgusida odamlar va hayvonlarda doimiy patogen boʼlib qolishi mumkin.

P.S. JSSTning Favqulodda vaziyatlar qoʼmitasi har uch oyda bir marta yigʼiladi.