Jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo’riqlanadi

Jurnalist davlat organi, jamoat birlashmasi va tashkilot huzurida akkreditatsiya qilinishi mumkin.

Akkreditatsiya qilingan jurnalist:

bo'lib o'tadigan ochiq hay'at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to'g'risida oldindan axborot olish;

akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa obyektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;

ochiq hay'at majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda hozir bo'lish;

akkreditatsiya qiluvchi organning mas'ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so'rash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan ko'chirma nusxalar olish;

olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish huquqiga ega.

Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o'z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta'minlaydi.