Kadastr xizmatlari uchun narxlar ko'tarildi

norma.uz Vazirlar mahkamasining 18.05.2021 yildagi 306-son qarori «Davlat kadastri sohasida davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 186-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritilganini bayon etdi. Qarorda kadastr sohasidagi xizmatlarning narxlari o'zgarganligi ko'rsatilgan.

Tasdiqlangan o'zgarishlar:

a) koʻchmas mulk ob’yektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish:

umumiy maydoni 100 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 1 BHM (ilgari – 1,25 BHM);
umumiy maydoni 100 kv.metrdan 1 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1,15%i (ilgari – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1%i 25%ga oshirilgan holda);
umumiy maydoni 1 000 kv.metrdan 5 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 17,25 BHM (ilgari – 15 BHM 25%ga oshirilgan holda);
umumiy maydoni 5 000 kv.metrdan 15 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 34,5 BHM (ilgari – 30 BHM 25%ga oshirilgan holda);
umumiy maydoni 15 000 kv.metrdan 50 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 57,5 BHM (ilgari – 50 BHM 25%ga oshirilgan holda);
umumiy maydoni 50 000 kv.metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk – 80,5 BHM (ilgari – 70 BHM 25%ga oshirilgan holda);

b) koʻchmas mulk ob’yektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish:

koʻp kvartirali uydagi kvartira – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1,15%i (ilgari – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1%i 25%ga oshirilgan holda);
yakka tartibdagi turar joy – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1,15%i (ilgari – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1%i 25%ga oshirilgan holda);