Kafansiz koʻmilganlar: sovet davrida qatag‘on qilingan 208 nafar shaxs oqlandi

Joriy yil 19-aprel kuni sovet davrida qatag‘on qilingan 208 nafar oʻzbekistonlik reabilitasiya qilinib, oqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 208 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarilgan. Oqlanganlar ro‘yxatida sovetlar tomonidan nohaq va birorta dalillarsiz, Uchlik Kengashining qarorlari bilan otuvga hukm qilingan va konslagerlarga surgun qilingan vatandoshlarimiz bor.

“Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat tantana qildi. Mustaqillik yo‘lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o‘z jonini fido qilgan qatag‘on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, soʻnggi yillarda sovet davrida qatagʻon qilingan 408 nafat oʻzbekistonlik Oliy sudning hukmi bilan reabilitasiya qilinib, oqlangan.

2023-yil 19-aprel kuni oqlangan qatagʻon qurbonlari roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin: ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ СУДИАДОЛАТ ТАНТАНАСИ