Kakao gipertoniyada foydali ekani aniqlandi

Buyuk Britaniyalik olimlar ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan tajribadan so‘ng kakao qon bosimini pasaytirishda ma’lum bo’lganidan-da ko‘proq foydali degan xulosaga kelishdi.

Natijada ular gipertoniyaga chalingan bemorlar bu ichimlikni muntazam ravishda ichishlari kerak deya qayd etishdi.

Ma’lum bo’lishicha, kakaoda ko’p miqdorda flavanollar mavjudligi sababli qon bosimini pasaytirish xususiyatiga ega. Tadqiqotchilar kakaoning foydasini ovqat hazm qilish tizimida flavanollarning so‘rilishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlaydilar.

Dastlab, ularning kamroq qismi ingichka ichakda so‘riladi, bu bosim pasayishining birinchi bosqichini yuzaga keltiradi. Shundan so‘ng ikkinchi va ko‘p qismi u yerda yashovchi foydali bakteriyalarning ta’siri tufayli katta ichakda so‘riladi. Bu esa qon bosimini pasayishiga xizmat qiladi.

Olimlar, shuningdek, kakao qon tomirlarining devorlarini yanada qayishqoq qilishini aniqladilar. Bu esa ateroskleroz rivojlanishining oldini olish imkonini beradi.