Kamida 100 tadan eksportchilar Yevropa bozoriga olib chiqiladi

Yig’ilish davomida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yil yakunigacha tekstil, elektrotexnika, agro va oziq-ovqat sanoati boʼyicha 27 ta xalqaro koʼrgazmada ishtirok etib, kamida 100 tadan eksportchilarni Yevropa bozoriga olib chiqish topshirildi.

Investitsiya vazirligiga:

xalqaro sertifikatsiya talablarining ichiga kirib, qaysi laboratoriyani modernizatsiyalash va qaysi standartni oʼzgartirish kabi masalalarni hal qilish;

yil yakunigacha tekstil, elektrotexnika, agro va oziq-ovqat sanoati boʼyicha 27 ta xalqaro koʼrgazmada ishtirok etib, kamida 100 tadan eksportchilarni Yevropa bozoriga olib chiqish topshirildi.

Texnik tartibga solish agentligi yil yakuniga qadar xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 3 baravar oshirib, 1 ming 200 taga yetkazishi shartligi koʼrsatib oʼtildi.

Ushbu korxonalarda Yevropaning 1,5 mingta standartlari joriy etiladi. Bu orqali, har bir korxona xalqaro laboratoriya xulosalari uchun 1 milliard soʼm iqtisod qilib, eksportga ketadigan vaqti 3 haftagacha qisqaradi.

Bundan tashqari, agentlikka 121 ta laboratoriya xulosalarini xalqaro standartlarga moslashtirib, kamida 100 ta davlatda tan olinishini taʼminlash topshirildi.