Kanadada rekord darajada issiqlik kuzatildi

Kanadaning Toronto shahrida 31-may, seshanba kuni 78 yillik harorat rekordi yangilandi.
Kanada ob-havo xizmati maʼlumotlariga koʼra, seshanba kuni tushdan keyin Torontodagi Pirson xalqaro aeroportida harorat 32,1 darajani tashkil qildi.
Bu koʼrsatkich 1944-yilda oʼrnatilgan avvalgi rekorddan oshib ketdi, oʼshanda termometrlar Selsiy boʼyicha 31,1 darajani koʼrsatgan. Biroq, namlikni hisobga olsak, bugungi kunda u 36 daraja Selsiyga oʼxshaydi.
Аholini toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nuriga chiqmaslikka chaqirildi.
Bu kabi issiq iqlim, ayniqsa, keksalar, chaqaloqlar, yosh bolalar va surunkali kasalliklarga chalinganlar salomatligi uchun xavf tugʼdiradi, deyiladi hisobotda.






