«Kapitalbank» va «Ipak Yo‘li» banki valyuta fyucherslari bozorida market-meyker maqomiga ega bo‘ldi

2022-yil 1-dekabrdan boshlab "Kapitalbank" ATB va "Ipak Yo‘li" AIKB USD/UZS_MG instrumenti bo‘yicha valyuta fyucherslari bozorida market-meyker maqomiga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, O‘zRVB valyuta bozorida market-meykerlik faoliyati 2021-yil 4-oktabrda bozor tamoyillariga muvofiq joriy qilingan bo‘lib, market-meykerlar majburiyatlari va ularni mukofotlash tartibini belgilovchi tegishli market-meykerlik dasturlari ham tasdiqlangan.
Market-meykerlar majburiyatlari qatoriga bozorda kunlik uzluksiz likvidlikni ta’minlash, savdolar davomida ma’lum miqdordagi fyuchers shartnomalarini sotib olish va sotish bo‘yicha ikki tomonlama kotirovkalarning minimal belgilangan umumiy miqdorini saqlash kiradi va bu bozor "ko‘lamini" (market depth) oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, market-meykerlar faoliyati bitimlar hajmi va ko‘lami oshishiga, valyuta kursi asosida bozor indikatorlari shakllanishida tijorat banklarining yanada faollashishiga ko‘maklashadi.






