Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari soliqqa tortilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Soliq qo‘mitasi izoh berdi.
Unga koʻra, jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Soliq kodeksi 378-modda ya’ni, bir jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalaridan soliqqa olinmaydi.






