Katta shaharlarda 24 soatlik savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar paydo bo‘ladi

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning yirik shaharlari, viloyat va tuman markazlarida 1-sentabrga qadar savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi, ularda tadbirkorlar o‘z xizmatlarini 24 soat davomida taqdim etishlari mumkin. Qaror ijrosi viloyat hokimliklari, Turizm va sport vazirligiga tadbirkorlar bilan hamkorlikda topshirildi. Ushbu ko‘chalarda ko‘chma savdo obyektlari uchun joylar elektron onlayn auksion orqali tadbirkorlarga taqdim etiladi.

Qarorda hokimliklarga 2021–2023-yillarda dehqon bozorlari va savdo majmualari qurishda tuman va shaharlar tashabbuskor tadbirkorlariga ko‘mak berish topshirildi. Shu bilan birga, yangi tashkil etilayotgan dehqon bozorlari va savdo komplekslarining ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinadi.