“The Keepers” loyihasi noyob kasb egalari haqidagi hujjatli filmlarni taqdim etdi

“139 Documentary Center” ko’rgazmalar zalida “The Keepers” loyihasi doirasidagi hujjatli filmlar taqdimoti o'tkazildi.

Loyiha O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo'mitasi ko'magida yaratilgan. “The Keepers”  - bu uchta qisqa metrajli hujjatli filmlardan tashkil topgan bo’lib, ular yo’qolib borayotgan an’analar hamda madaniy meroslarni saqlab qolishga qaratilgan kasb egalariga bag’ishlangan. 

Film qahramonlari: “Alla” ijrochisi Madina Bozorova, qadimgi kitoblarni qayta tiklovchi - Shuhrat Po'latov hamda Toshkent Kuratlari soatsozi Shoazim Shoabdievlardir. Ochilish marosimi doirasida shuningdek, "Hujjatli filmlar va madaniy meros: metodologiya va amaliyot" mavzusida davra suhbati ham bo'lib o'tdi.

Davra suhbati ishtirokchilari madaniy merosni saqlash va o'rganish uchun hujjatli kinodan foydalanish, O'zbekiston kino sanoatining rivojlanishidagi muammolar, shuningdek, material va nomoddiy madaniy merosni saqlab qolishda o'zbek rejissyorlari hamda hujjatli film ustalarining  hissasi borasida so’z yuritishdi.