Kelajagimiz pandemiyalar qurshovidami?

Jenevada Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti konferensiyasida kelajak yangi pandemiyaga duch kelishi havfi juda yuqori ekanligi va qator pandemiyalarni qay tariqa oldini olish haqida so’z yuritildi.
JSST ekspertlari hali mavjud bo’lmagan viruslarga qarshi kurashish hozirdanoq boshlanishi kerakligini ma’lum qildilar. Ularning fikricha COVID-19 dan keyin hademay yangi patogenlar ham yuzaga chiqishi mumkin. Bunga omil sifatida ekspertlar ekologik muammolar, atrof-muhitning keskin o’zgarishi shu bilan birga biologik qurollarning qo’llanishini ko’rsatishdi.
Ekspertlarning fikricha, yangi virus ikki xil taxminga ko’ra yuzaga chiqishi mumkun. Brinchisi, yangi patogen avval hayvonlarda qayd etiladigan viruslarning mutatsiyaga uchrashi sababli bo’lsa, ikkinchi fikr, avvaldan mavjud bakterial infeksiyalarning antibiotiklarga chidamliligi ortib borish sababli yuzaga chiqadi.
Bunday pandemiyalarning oldini olish uchun virusga qarshi vaksinalarni hozirdanoq yaratib borish kerak. Shunda virus yuzaga chiqqan paytda tezkor sinovlarga o’tish imkoniyatimiz mavjud bo’ladi.






