Kelasi haftada Toshkent Pokistondan halol go’sht bilan to’la konteyner qabul qilib oladi

Pokistonning Business Recorder nashri halol go‘shtning birinchi partiyasi O’zbekistonga jo‘natilganligi haqida xabar berdi.

Qariyb 400 ming dollarlik 18 tonna halol go‘sht solingan yuk konteyneri Karachidan yo’lga tushgan va bir hafta ichida Toshkentga yetib borishi rejalashtirilgan.

Yuk jo'natuvchilari ikki kompaniya - Shaheen Group va Pyramid Logistics Pakistan.

Yukni jo’natishdan oldin Shaheen Group bosh direktori Malik Sher Xonning nutqi yangragan katta marosim bo'lib o'tdi. U, xususan, O‘zbekistonga go‘sht solingan yana 50 ta konteyner shu oyning boshida jo’natilishi va shu orali halol go‘sht eksporti sur’ati o‘sishini ta’kidlab o’tdi.

Malik Sher Xon, shuningdek, mamlakatlarimiz savdo hamkorligini ikki tomonlama kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganidan so‘ng, O‘zbekiston bozori salohiyati o‘rganilganini aytdi.

Mahsulot yo‘lda buzilmasligi hamda uzoq muddat saqlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar bilan jihozlangan maxsus mo‘ljallangan idishda jo‘natildi.

Marosimda Pyramid Logistics Pakistan direktori ham so‘zga chiqib o‘z nutqida Pokiston go‘shtining o’zbek bozoridagi yuqori salohiyatini alohida ta’kidlab o’tdi.