Kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o‘tkaziladi

Prezident endokrinologiya xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘riladigan birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab berdi. Bular:

• kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o‘tkaziladi;

• tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va ta’lim muassasalari shifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi;

• har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar o‘tkazish uchun glyukometr bilan ta’minlanadi;

• Endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi;

• kelgusi yil 1 iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi;

• qandli diabet uchun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;

• bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul ta’minlash dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga analogli insulin beriladi.