Kengash turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bilan kun boshlanadi

O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari va turizm vaziri Aziz Abduhakimov kirish nutqida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining turizm vazirlarining VI yig'ilishi aynan Qo'qon shahrida o'tkazilish sabablarini aytib o'tdi.

Asosiy nutqida Aziz Abduhakimov O'zbekiston madaniyati, tili, dini va tarixining Turkiy Kengashi mamlakatlari bilan mushtarakligini ta'kidladi. Va u o'z takliflarini ilgari surdi:

Birinchidan, Kengashga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida transport logistika tizimini rivojlantirish.

Ikkinchidan, davlatlarimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilish ishlariga yangicha yondoshish.

Uchinchidan, hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan masala - madaniy meros obyektlarimizni tiklash, restavratsiya qilish, qadimiy axritekturasini yo‘qotmagan holda saqlab qolish, raqamlashtirish, samarali menejmentni joriy qilish va kelajak avlodga yetkazishdir.

To‘rtinchidan, turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish.

Beshinchidan, turoperatorlarni turizm bozorlariga kirib borishini qo‘llab-quvvatlash.

Oltinchidan, turizm ta’limi sohasida tajriba almashish va sohadagi mutaxassislarning doimiy malakasini oshirish, akademik turizmni yo‘lga qo‘yish.

Yettinchidan, Turkiy Kengash tomonidan taklif qilingan “Turizm poytaxti” tashabbusini qo‘llab quvvatlash.