Kiyevdagi maktablarda rus tilidan butunlay voz kechishga qaror qilindi

Ma’lum qilinishicha, Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi maktablarda 2022/23-o‘quv yilida fan dasturlaridan rus tili olib tashlanadi.

Hujjatga ko‘ra, Kiyevda 2022-2023 o‘quv yilida o‘quv dasturlarida “rus tilida fanlarni o‘qitish va rus tilini ham fan sifatida ham, tanlov sifatida ham o‘rganish nazarda tutilmagan”.

Shuningdek, xabarlarga ko’ra, 2014-yildan buyon Ukrainada rus tilini ta’lim sektoridan bosqichma-bosqich siqib chiqarish jarayoni olib borilmoqda. Shuningdek, Rossiya “maxsus harbiy operatsiya” boshlaganidan so’ng Ukraina butunlay russizlantirish siyosatini olib bormoqda.

Xususan, 1-iyul kuni Kiyev rasmiylari “rus tilidagi madaniy mahsulotlar”dan ommaviy foydalanishga taqiq joriy qilmoqchi bo‘lgan. Ularga rus tilidagi kitoblar, musiqa, video, spektakl, konsertlar, madaniy-ma’rifiy xizmatlar va boshqalar kiritilgan. Bundan tashqari, Lvov viloyati hokimiyati ham hududdagi maktablarda rus tilidan butunlay voz kechilishini e’lon qilgan.