Ko'chmas mulkka bo'lgan qator huquq yoki cheklovlar davlat ro'yxatidan o'tkaziladi

“Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Ushbu qonun ko'chmas mulkning quyidagi turlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

yer uchastkalariga;
binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
ko'p yillik dov-daraxtlarga;
mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.
Ko'chmas mulkka bo'lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim:

mulk huquqi;
doimiy egalik qilish huquqi;
doimiy foydalanish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
ijara huquqi;
ikkilamchi ijara huquqi;
xo'jalik yuritish huquqi;
operativ boshqarish huquqi;
ko'chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
bepul foydalanish huquqi;
renta;
ipoteka;
servitut;
ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarga qo'yilgan cheklovlar.