Ko’hna Samarqand mezbonligidagi navbatdagi xalqaro musobaqa

2022-yil 8-9-oktabr kunlari Samarqand shahrida sportning triatlon turi boʼyicha “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” xalqaro musobaqasi hamda Oʼzbekiston chempionati oʼtkazilishi munosabati bilan mazkur tadbirga tayyorgarlik jarayonlari boʼyicha bugun 3-oktabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda Sportni rivojlantirish vaziri oʼrinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy Olimpiya qoʼmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Triatlon federatsiyasi bosh kotibi Yelena Kun hamda OАV vakillari ishtirok etdilar.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, 2022-yilning 8 va 9-oktabr kunlari O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi Samarqand tarixida ilk bor Osiyoning eng yirik sayyohlik markazi – Silk Road Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi – 2022 xalqaro sport tadbirini o‘tkazadi. Musobaqada dunyoning 30 davlatidan 70 nafar sportchi ishtirok etadi.
Shuningdek, musobaqa davomida 160 nafar havaskor, jumladan, O‘zbekiston Mudofaa vaziri va Harbiy havo kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni ishtirok etishi kutilmoqda.






