KOICA bilan hamkorlik istiqbollari

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov KOICA Koreya xalqaro hamkorlik agentligi Prezidenti Son Xyuk Sang bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda qayd etilishicha, O‘zbekistonda KOICA vakolatxonasi ochilganidan buyon umumiy qiymati 130 million dollarga teng bo‘lgan 30 dan ziyod loyiha amalga oshirilib Koreyadagi o‘zbek mutaxassislari uchun 2 mingdan ortiq malaka oshirish dasturlari tashkil etilgan. Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash, taʼlim, axborot texnologiyalari, kommunal xoʻjalik, qishloq va suv xoʻjaligi, energetika, transport va boshqa sohalarda KOICAning 600 dan ortiq ko’ngilli mutaxassislari O’zbekistonda oʻz missiyalarini amalga oshirdi.
Joriy yilda ta’lim, axborot-kommunikatsiya, ekologiya va tibbiyot sohalarida boshlangan grant loyihalarining amalga oshirilishi Koreya Respublikasi Prezidentining 2019-yil aprel oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan va KOICA granti mablag’larining 72 million dollardan ziyodini O’zbekistonda loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etishni nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli Hamkorlik dasturini amalga oshirishdagi yutuqlar muhokama qilindi.






