Komil Allamjonov pedofillarga qarshi kastratsiya jazosini qo'llashni qonuniylashtirishni taklif qildi

Prezident administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikga o‘zgartirish kiritish vaqti kelganligini ta'kidladi.
U Xorazm sudi mehribonlik uyining voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarini ular bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan amaldorlarni ozod qilganidan keyin shunday taklif berdi.
Sudlanuvchilarga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo tayinlagan. Ularga soat 22:00 dan 06:00 gacha uylaridan chiqib ketishlari, shuningdek probatsiya organlarining roziligisiz yashash joyini o‘zgartirishlari va yashash joyidan chiqib ketishlari taqiqlanadi.
Sudning bu qarori jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqardi.
«Agar bu masala dunyo tajribasisiz bo‘lmaydi, qayda bor bu jazo desangiz Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Izroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQSH va xokazo davlatlarni ko‘ring. Ularda bor ekan bu jazo. Xitoy, Lotin Amerika davlatlari, Saudiya Arabistoni va Eronda birato‘la o‘ldirib yuborilar ekan.» - deya qayd etdi Allamjonov.






