Koreya «OKMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi

Ma’lumotlarga ko’ra, Koreya Milliy Аssambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von(12 mln АQSh dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi boʼyicha qaror qabul qilingan.
Shuningdek, qayd etilishicha ushbu grant mablagʼlari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining Oʼzbek-Koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi.
Sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. U yerda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish boʼyicha tadqiqot ishlari olib boriladi.






