Koronavirusga qarshi emlanishni rad etgan 45 ming 600 nafar xodim ishdan vaqtinchalik chetlatilgan

2021-yilning avgust oyida Mehnat kodeksining 113-moddasiga qoʼshimcha kiritilgan edi. Unga koʼra, xodim profilaktik emlashdan oʼtishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qoʼymaslikka haqli ekani belgilangan.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshligʼi Bahodir Yusupalievning aytishicha, 28 ming 500 ta xoʼjalik yurituvchi subyektda va 44 ming 600 ta budjet tashkilotlarida oʼrganish-reyd tadbirlari oʼtkazilgan.

«Xodimlarning emlanganlik holatini oʼrganish tekshiruvlari davomida jami 89 ming 400 nafar vaksina olmagan shaxs aniqlangan. Shundan 45 ming 600 nafar shaxs ishdan vaqtinchalik chetlatilgan. 4 ming 600 ta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 246 ta obyektga nisbatan faoliyatini vaqtinchalik toʼxtatish chorasi qoʼllanilgan», – dedi xizmat boshligʼi.