Koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Isroilda dunyoda birinchi marta koronavirus va gripp bilan, bir vaqtda kasallanish holati qayd etildi.
Ma'lum qilinishicha, yangi shtamm "flurona" deb nomlangan bo'lib, u koronavirusga qarshi emlangan tug'ruq holatidagi ayolda qayd etilgan. Uning bir vaqtda ham koronavirus, ham gripp bilan kasallangani bir qancha testlar yordamida aniqlangan.
Beylinson tibbiyot markazining ginekologiya bo‘limi mudiri, professor Arnon Vijniserning aytishicha, ayni paytda bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Ayol o‘zini yaxshi his qilmoqda va tez orada tuzalib ketishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu shtamm qiziqtirib qo‘ygan bo‘lib, mutaxassislar allaqachon «flurona» va mumkin bo‘lgan davolash usullarini o‘rganmoqda.
Ma'lum qilinishicha, shifokorlar avvalroq bir vaqtning o‘zida koronavirus va gripp bilan kasallanish xavfini e'lon qilgandi. Ularning fikriga ko‘ra, bunday vaziyatda ikkala kasallikning kechishi qiyinlashadi va og‘ir asoratlar, jumladan, ensefalit (bosh miya yallig‘lanishi) va o‘lim ehtimoli ortadi






