Kozimjon Komilov Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylandi

Ayni damda Senatning 27-yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Majlisda senatorlar nomzodga sud tizimidagi yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Muhokamalar yakunida, Kozimjon Fazilovich Komilov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi lavozimiga qayta saylandi. Bu haqda Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Eslatib o'tamiz, 2017-yilda Kozimjon Komilov bu lavozimga birinchi marta saylangan edi. Undan oldin 2013-yil avgust oyida Oliy xo'jalik sudi raisi lavozimiga tayinlangan edi.