Kripto-do'kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Kripto-do'kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Mazkur Qoidalar kripto-do'kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Kripto-do'kon o'z faoliyatini kripto-do'konning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi.

Kripto-do'konda quyidagi operasiyalar amalga oshiriladi:

kripto-do'konning elektron platformasi orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o'tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o'tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;
kripto-do'konning savdo obyekti orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o'tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko'rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
Kripto-do'konda quyidagi operasiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

majburiy identifikasiyadan o'tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operasiyalar;
O'zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operasiyalar;
anonim kripto-aktivlar hamda o'zaro o'zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operasiyalari.