KXSHTga yangi davlatlar a’zo bo‘ladi – Belarus Mudofaa vaziri

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) rivojlanadi va unga yangi davlatlar kiradi. Bu haqda Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin Belarus harbiy gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“O‘ylaymanki, tashkilot kengayadi. Tez orada dunyo tartibi qanday o‘zgarishini ko‘ramiz, lekin KXSHT o‘zining jangovar tayyorgarligini, tinchliksevarligini ko‘rsatdi va menimcha, bir necha yildan keyin u oltita davlat bo‘lmaydi. Bu tajovuzkorlik va boshqa davlatlarning siyosiy tizimini o‘zgartirishni emas, balki tinchlik va barqarorlikni qadrlaydigan o‘nlab davlatlar bo‘ladi”, deydi Mudofaa vazirligi rahbari.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT mamlakatlari uchun tahdid va chaqiriqlar doimo o‘zgarib turadi. “Albatta, men rangli inqiloblar, terrorizm va giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi va biologik tahdidlar qayergadir yo‘qoladi, deb o‘ylamayman. Ushbu chaqiriqlar fonida tashkilot rivojlanadi, yangi tahdidlarga qarshi turishi kerak bo‘lgan tegishli tuzilmalar va vositalarni belgilaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Viktor Xrenin.