Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi

23 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi o’rinbosari Bahrom Kuchkarovning Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi  o’rinbosari Sigords Stradinsh bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davlat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish bo’yicha o’zgarish hamda qo’shimchalar kiritilgani alohida ta’kitlandi.

Bahrom Kuchkarov o’z so’zida mamlakatimizga juda ko’plab xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar tashrif buyurgani, nafaqat xalqaro kuzatuvchilar, balki xalqaro OAV vakillari ham bugun mamlakatimizda bo’lib turganini qayd etib o’tdi.  OAV vakillarining demokratik jarayonlarni haqqoniy va tezkor yoritishlari, kuzatuvchilarning saylov uchastkalari bo’ylab erkin xarakat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Sigords Stradinsh tomonidan ta’kitlanganidek, mamlakatlarimiz o’rtasidagi siyosiy-iqtisodiy munosabatlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz mamlakatingizni saylov qonunchiligi va amaliyotidan o’rganish uchun keldik. Tajriba almashish barchamiz uchun foydali.