Lavrov Oʻzbekistonga keladi

14 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, uchrashuv chog‘ida Tashqi ishlar vazirlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi. Hamdo‘stlik formatida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Shuningdek, 2022 yilda vazirliklarning hamkorlik natijalari sarhisob qilinadi.

Maʼlumot uchun, 13-14 aprel kunlari Samarqand yana bir xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi. Shaharda 13 aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasi vazirlari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilish, 14 aprelda esa MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib o‘tadi.