Litva elchisi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tashrif buyurdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari L.Qudratov Litva Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi E.Bayarunas bilan uchrashdi, deya xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati.

Litva elchisi E.Bayarunas mamlakatimiz va Litva o'rtasida xizmat ko'rsatish hamda sanoat sohalarida hamkorlikka bo'lgan qiziqish tobora ortib borayotganiga e'tibor qaratdi. Shuningdek, ikki mamlakat vakillari transport va logistika, qishloq xo'jaligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida o'zaro manfaatli aloqalarni muhokama qildilar.

Shuni ta'kidlash kerakki, Litva va O'zbekiston o'rtasidagi sheriklik munosabatlarida o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlanadi, chunki Litva Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O'zbekistonning eng yaqin sherigi hisoblanadi. Masalan, so'nggi 4 yil ichida mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 baravarga oshdi va bu o'z navbatida 500 million dollardan ziyod.