Lukashenko Rossiyadan Belarusni himoya qilish uchun kafolat so'radi

Agar Belarus boshqa davlatlar tomonidan hujumga uchrasa, Rossiya uni o'z hududi sifatida himoya qilishi lozim. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan boʻlgan uchrashuvda taʼkidladi.

“Umuman olganda, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan boʻlgan muzokaralarimizning asosida agar Belarusga biror nima tajovuz qilsa, Rossiya Federatsiyasi uni o'z hududi sifatida himoya qilishi yotgan edi. Bu bizga kerak bo'lgan xavfsizlik kafolatidir. Bizga qardosh boʻlgan Rossiyadan to‘liq shakldagi xavfsizlik kafolatini istaymiz”, dedi Lukashenko.

Uning ta'kidlashicha, G‘arb Budapesht memorandumi doirasida yadroviy qurollarni olib chiqish evaziga berilgan xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuvlarga rioya qilmayapti va mohiyatan uni buzgan.