«ЛУКОЙЛ» kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «ЛУКОЙЛ» prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi, deya xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Uchrashuv chog'ida Vagit Alekperov davlatimiz rahbariga Rossiyaning O'zbekiston Respublikasida yetakchi neft-gaz kompaniyasining investitsiya va ijtimoiy ishlarini amalga oshirilishi to'g'risida hisobot berib o'tdi.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda «ЛУКОЙЛ» O'zbekiston iqtisodiyotidagi eng yirik investorlardan biri hisoblanadi. Investitsiyalar hajmi 10 milliard dollarni tashkil etadi.

Qandim gazni qayta ishlash zavodida muhim investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda, uning ishlab chiqarish quvvati 8 milliard kubometrdan ortiq tabiiy gazni tashkil etadi. Shuningdek, kompaniya Xovzak va Shodi konlarini hamda Janubi-G'arbiy Hisorni o'zlashtirmoqda, bundan tashqari muhim gumanitar dasturlar ham amalga oshirilmoqda.

Suhbat davomida idoralararo ishchi guruhini tuzish va «ЛУКОЙЛ» bilan loyihalarning samaradorligini oshirish va strategik hamkorlikni kengaytirish maqsadida "yo'l xaritasi"ni qabul qilish to'g'risida kelishuvga erishildi.