Luvrdagi Oʼzbekiston koʼrgazmasini tomosha qilish uchun uzundan-uzun navbat

Xabaringiz bor, 23-noyabrdan boshlab Parijdagi Luvr muzeyida “Oʼzbekiston vohalarining moʼjizalari. Karvon yoʼllari chorrahasida” koʼrgazmasi bo’lib o’tmoqda. Koʼrgazma Yevropa jamoatchiligi orasida katta qiziqish uygʼotdi.

Shu kunlarda Oʼzbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni koʼrish uchun muzeyda katta navbat yuzaga kelgan.

Qayd etish joizki, kelgusi yilning mart oyiga qadar davom etadigan koʼrgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Bu esa Oʼzbekistonni butun dunyoga tanitishda katta hissa qoʼshadi.