Madaniy-gumanitar aloqalarni tiklash do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida

Xalqaro konferentsiyaning ikkinchi seksiyasida O'zbekiston sport va turizm vaziri Aziz Abduxakimov, UNESCO bosh direktorining ta'lim ishlari o'rinbosari Stefani Jannini va O'zbekistonning UNESCO ishlari bo'yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi Gayane Umerova ishtirok etishdi.
Aziz Abduxakimov o'z nutqida madaniyati o'xshash mamlakatlar uchun barqaror, uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatish osonroq bo'lishini ta‘kidladi.
Stefaniya Jannini 2021-yilning oxirida O'zbekistonda Markaziy Osiyoning Ipak yo'li bo'ylab tarixiy shaharlarni tiklashga bag'ishlangan xalqaro simpozium bo'lib o'tishini qayd etdi.
Gayane Umerovaning aytishicha, do'stona munosabatlar va yaxshi qo'shnichilik har qanday mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy o'sishining asosiy omili hisoblanadi.






