MADE IN UZBEKISTAN biznes missiyasi tashkil etiladi

Investitsiyalar vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasi koʻmagida 2022-yil 18-fevral kuni Dubay shahrida “MADE IN UZBEKISTAN” biznes missiyasi tashkil etilmoqda.

Biznes missiyada toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, va O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika sanoati mahsulotlarini namoyish etadigan 50 nafar yetakchi kompaniyalar ishtirok etadi.

Tadbir O‘zbekiston milliy mahsulotlarini BAA bozoriga olib chiqish, ommalashtirish, savdo aloqalarini kengaytirish va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik platformalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonning eksport qiluvchi korxonalari “MADE IN UZBEKISTAN” yagona milliy brendi – xalqaro standartlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan sifati bilan qiziqish uyg‘otadigan mahsulotlarni taqdim etishi ko’zda tutilgan.

Tadbirning biznes dasturi doirasida EXPO 2020 DUBAI xalqaro ko’rgazmasi maydonlarida "O'zbekiston – BAA" biznes forumini o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib, unda biznes missiya taqdimotlari o'tkaziladi hamda O‘zbekiston va BAA ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatida ikki tomonlama muzokaralar tashkil etiladi.