“Mahalla kelajagi: an’analar va imkoniyatlar”

26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Mahalla kelajagi” davra suhbati tashkillashtirildi, unda arxitektura va qurilish sohasi ekspertlari tarixiy merosni asrashda innovatsion yondashuvlar mavzusini muhokama qilindi.
Uchrashuvning asosiy vazifasi – o‘zbek xalqining qadriyatlaridan biri hamda jahon standartlarining zamonaviy talablariga muvofiq asrash zarur bo‘lgan mamlakatimiz me’moriy va ijtimoiy merosi sifatida Mahalla mavzusini aholi, OAV va keng jamoatchilik o‘rtasida keng yoritishdan iborat. Mazkur mavzuni chuqur o‘rgangan vakolatli xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtiroki orqali mahallalarni zamonaviy shahar makonida to‘g‘ri va uyg‘un holda saqlab qolishning mumkin bo‘lgan samarali mexanizmlari muhokamalari o‘tkaziladi.
Muhokama asosiy mavzusi Arxitektura Biyennalesidagi Milliy pavilyon loyihasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida olib borilgan tadqiqotlar va bajarilgan dala ishlari, shuningdek, Toshkent shahri hokimligi tomonidan YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi, Qurilish vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashabbus qilingan tarixiy-ma’muriy etnografik qo‘riqxona yaratish bo‘yicha loyiha kontekstida mahallalar kelajagiga bag‘ishlanadi.






