Mahalliy aviaparvozlar arzonlashtirildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joriy yil 19 aprelь kuni “Uzbekistan airways” hamda “Uzbekistan airports” aktsiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishish chogʼida xizmatlar qulayligi va sifatini oshirish orqali aholini aviaqatnovlarga koʼproq jalb etish zarurligini alohida taʼkidlagan edi. Ushbu koʼrsatma asosida bir nechta yangi reyslar yoʼlga qoʼyildi.

Shu oʼrinda yana bir maʼlumot, aviakompaniya Toshkentdan Termiz, Buxoro, Samarqandga ham muntazam qatnovlarni amalga oshiradi, 14 maydan boshlab esa Toshkentdan Navoiyga aviaqatnovlar tiklanadi. Ushbu yoʼnalishlardagi aviachiptalar narxi avvalgi holatga koʼra 34 foizdan 45 foizgacha arzonlashtirilganini kuzatish mumkin:

• Toshkent-Buxoro – 215 000 soʼmdan. Qatnovlar haftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlari;

• Toshkent – Samarqand – 114 000 soʼmdan, aviaqatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, aviakompaniya qatnovlar jadvaliga Samarqanddan yurtimizning boshqa viloyatlariga ham maqbul narxlarda qatnovlar kiritiladi, deya qayd etilgan maʼlumotlarda.