Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi oshirish standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar bilan bevosita bog'liq

2 iyun kuni Prezidentimiz "O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmonni imzoladi.

Agentlikning asosiy vazifalari standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi tarkibiy islohotlarni va o'zgarishlarni chuqurlashtirish va milliy sifat infratuzilmasini takomillashtirishdan iboratdir.

10 ta yo'nalish bo'yicha 23 ta amaliy choralar va tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha yo'l xaritasi:

Normativ-huquqiy bazani mustahkamlash

Xalqaro standartlarni joriy qilish

Texnik reglamentni takomillashtirish va sinov bazasini modernizatsiya qilish

Jarayonlarni "raqamli"ga aylantirish

Mahsulotning muvofiqligini baholash protseduralarida zamonaviy usullarni joriy etish

Ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilishni ta'minlagan holda tashqi savdoni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

Davlat ro'yxatiga olish tartib-taomillarini soddalashtirish

Bundan tashqari, soddalashtirilmoqda:

xalqaro talablar asosida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qilish tartibi. Vazirliklar va idoralar to'lovlarni olmasdan tashkilotlarning standartlari ekspertizasini o'tkazadilar.