Mahkumning jazoni oʻtash davrida bajaradigan ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Shuningdek, “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari kiritildi.






