Mahsulotlarni eksport qilishda kompensatsiyalar joriy etildi

Xukumat qaroriga ko‘ra Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi kompensatsiya qilish nizomi tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:

eksport qiluvchi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan;
mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan;
mahsulotlar O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qilingan (Afg‘onistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilgan (5000 AQSH dollarigacha mahsulotlarning pochta jo‘natmalari orqali eksporti mustasno);
eksport shartnomasida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va to‘lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Quyidagilar kompensatsiya to‘lashni rad etishga asos bo‘ladi:

hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi;
hujjatlarda noto‘g‘ri, ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish;
joriy yil uchun ajratilgan subsidiya tugaganida.